
15.08.2024
Joriy yilning 24-iyul sanasida Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Fargʻona viloyati Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro A.A. tomonidan ariza kelib tushgan.
Ariza mazmuniga koʻra, gaz ta’minoti xodimlari tomonidan fuqaro xonadoniga 2 727 000 soʻm miqdorda noreal qarzdorlik hisoblanib, qarzdorlikni undirish uchun sudga ariza yuborilganligi, 10 kun muddat davomida sud buyrugʻiga binoan qarzdorlik yopilmasa, pensiya pullaridan ushlab qolinishi haqida ogohlantrilganligi haqida noroziligi bayon etilgan.
Murojaat hududiy birlashma xodimlari tomonidan oʻrganilib, “HUDUDGAZTA’MINOT” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat etildi, qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi va javob xati olindi. Olingan javob xatiga koʻra, iste’molchining gaz ta’minoti boʻyicha qarzdorliklari mavjud emasligi, Shayxontoxur tumanlararo sudi tomonidan chiqarilgan sud buyrugi anglashilmovchilik tufayli yuzaga kelganligi haqida bayon etilgan. Oʻrganishlar natijasida, ushbu anglashilmovchilik hozirda bartaraf etilib, noreal qarzdorlik so'ndirilishiga erishildi. Yana bir fuqaro muamosi oʻzi yechimini topdi!