Telegram-bot Virtual qabulxona

18.07.2023

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Davlatobod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro U.M. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2022-yil 11-fevralda “ZoodPay&ZooDMall” ilovasi orqali 406 000 soʻmlik “Paxta ko'rpa to'shak” to'plamiga 4 oy boʻlib toʻlash sharti bilan buyurtma bergan. Ammo buyurtmaga asosan hech qanday mahsulot yetib kelmagan boʻlsa-da, murojaatchi plastik kartasidan oyiga 135 ming soʻmdan, 3 oyda jami 406 ming soʻm pul mablagʻi yechib olingan. Fuqaro buyurtma yetib kelmagani haqida mas'ullarni bir necha bor ogohlantirgan boʻlsa ham, hozirgi kunga qadar na mahsulot yetkazib berilgan, na isteʼmolchi puli qaytarilgan.

Ijro etuvchi apparat xodimlarining saʼy-harakatlari bilan muammo hal etilib, isteʼmolchidan noqonuniy ushlab qolingan 406 000 soʻm pul mablagʻi qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00