Telegram-bot Virtual qabulxona

12.03.2025

Aviachipta uchun to'langan 3 180 000 so‘m iste'molchiga qaytarildi

Jarqo‘rg‘on tumani “Yoshlik" MFYda yashovchi R.B. joriy yilning 27-fevral kuni tumandagi tijorat bozori hududida joylashgan aviakassa shaxobchasidan 3 180 000 so‘m evaziga 11-mart kuniga “Toshkent-Yekaterinburg” yo‘nalishida aviachipta sotib oladi.

Ammo fuqaro belgilangan kundagi reysda ucha olmasligini ma’lum qilib, aviakassa shahobchasidan 6-mart kuni aviachipta uchun to’lagan pulini qaytarib berishlarini talab qiladi. Aviakassa xodimlari esa ushbu talabni turli xil bahonalar bilan rad etadi.

Jarqo‘rg‘on tuman jamiyati xodimlari ushbu holatni atroflicha o‘rganib, tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi hamda iste’molchi talabiga binoan, aviachipta puli to‘laligicha qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00