Telegram-bot Virtual qabulxona

01.06.2023

153 milliondan ortiq pul mablag'lari iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

 

Jomboy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Toza hudud” DUKning 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Jomboy tumanida 38 ta MFY mavjud bo'lib, ularning 30 tasi “Toza hudud” DUK bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 153 500 000 so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00