Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2023

86 million so'mlik "Damas" o'z egasiga yetkazildi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani "Bodoy" mahallasida yashovchi fuqaro M.T. federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan avtosalon bilan "Damas" avtomashinasini xarid qilish maqsadida shartnoma tuzgan va 86 million so'm to'lovni amalga oshirgan. Ammo avtomobil shartnomada belgilangan muddatda yetkazib berilmagan. Ushbu murojaat ijrosini taminlash maqsadida Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish jarayonida bugungi kunda ishlab chiqarishda ehtiyot qism yetishmovchiligi sababli, avtomobil yetkazib berishda kechikishlar kuzatilayotganligi aniqlandi. Avtosalon xodimlariga iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun talablari tushuntirilgach, shartnomaga asosan, avtomobil fuqaroga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00