Telegram-bot Virtual qabulxona

08.06.2022

339 900 000 soʻmlik gʻavgʻo

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga isteʼmolchilardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiylaridan  biri avtomashinalar xarididagi muammolar bilan bogʻliq arizalardir. Kimdir xorijda musofirlik zahmatini yutib, kimdir oʻzimizda peshona teri bilan mehnat qilib, yillar davomida oʻz shaxsiy uloviga ega boʻlish uchun pul yigʻadi. Har ne ehtiyojidan tejab toʻplagan mablagʻini avtomashina xaridi uchun toʻlasada, qilgan orzulari sarobga aylansa... Bundan yomoni yoʻq albatta. Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi Mardonqul Mavlonov ham Sergeli tumani “Yangi Sergeli” koʻchasida joylashgan “Roodell” MCHJ bilan KIA SELTOS avtomobili uchun 25- dekabr 2021- yilda ikki tomonlama  shartnoma tuzib, 339 900 000 (Uch yuz oʻttiz toʻqqiz million toʻqqiz yuz ming) soʻm pul malagʻini toʻlagan. Shartnomda koʻrsatilgan vaqt kelib, oʻtib ketsa ham M. Mavlonovga avtomashinasi yetkazib berilmagan. Bundan norzi boʻlib, “Roodell” MCHJ ga qancha murojaat qilmasin, uning eʼtirozlari javobsiz qolavergan. U avtomashinani ham, toʻlagan pulini ham ololmay sarson boʻlgan. Bu kabi masalalar qanchalik asablarni yemirishini boshidan oʻtkazganlar yaxshi bilishadi. Shundan soʻng u isteʼmolchi sifatida oʻz huquqlarini himoya qiladigan tashkilot- Federatsiya “ishonch telefoniga” murojaat qilgan. M.Mavlonovning murojaati oʻz vaqtida oʻrganilib, Federatsiya xodimlari tomonidan “Roodell” MCHJ mutasaddilariga qonuniy tushuntirish ishlari olib borildi. Isteʼmolchi huquqlari himoya qilinib, avtomobil uchun toʻlagan  339 900 000 (Uch yuz oʻttiz toʻqqiz million toʻqiz yuz ming) soʻmi qaytarib olib berildi. Bugun isteʼmolchi Federatsiyadan minnatdor, huquqi tiklanganidan mamnun. Biroq oʻtgan vaqt davomida uning yoʻqotgan vaqti, toʻkilgan asablari, sarob orzulari javobini kim beradi?! Har bir yurtdoshimizdan avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzayotganda ehtiyotkor boʻlishlarini, oʻz haq-huquqlari uchun doimo kurashishlarini soʻrab qolamiz.

 

                                                                                        Gulnoza Sharafova,

                                                                                          Jurnalist


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00