Telegram-bot Virtual qabulxona

13.10.2023

Nosoz muzlatgich uchun to'langan 2 yarim million so'm egasiga qaytarildi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.Sh. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Oltinsoy tumanida joylashgan "Artel" maishiy texnikalar do'konidan 2 600 000 so'mga  muzlatgich xarid qilgan. Hali foydalanishga ulgurmasdan, muzlatgichda nuqsonlar ko'rina boshlagan. Ushbu holatdan norozi bo'lgan fuqaro do'kon ma'muriyatiga bir necha bor murojaat qilsa-da, "Mendan ketguncha, egasiga yetguncha", deya fuqaro murojaatini e`tiborsiz qoldirishgan.  

Ushbu holat jamiyat xodimlari tomonidan o'rganilganda haqiqatan ham muzlatgich nosoz deb topildi va 2 600 000 so`m mablag` egasiga qaytarib olib berildi. 
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00