
07.08.2023
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishida Toshket viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida 2023-yilning 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, hisobot davrida fuqarolardan jami: 202 ta murojaatlar kelib tushgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni”ga 7 ta, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Ishonch telefoni”ga 10 ta, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni” 1091-orqali 129 ta, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga fuqarolardan yozma va og‘zaki murojaatlar 44 ta, telegram bot orqali 12 tani tashkil etadi.
Mazkur murojaatlarning barchasi to‘liq o‘rganilib,ularning ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 145 million 626 ming 300 so‘m moddiy zarar qaytarib undirib berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni sohalar kesimiga tahlil qilinganda, ko‘rilgan murojaatlardan kommunal xo‘jaligi bo‘yicha 12 ta, savdo sohasi bo‘yicha 49 ta, gaz ta’minoti bo‘yicha 10 ta, aloqa bo‘yicha 17 ta, suv ta’minoti bo‘yicha 17 ta, elektr ta’minoti bo‘yicha 21 ta, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 7 ta, servis va xizmat ko‘rsatish sohasida 20 ta, transport sohasida 3 ta, aloqa va kommunikatsiya ta’minoti sohasida 17 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 29 tani tashkil etadi.
Federatsiya Ustavi va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining tegishli buyrug‘i hamda Toshkent viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan “2023-yil davomida jamoatchilik nazorati tartibida o‘tkaziladigan o‘rganishlar rejasi”ga asosan hududiy birlashma ijro apparati xodimlari va tuman (shahar) jamiyati raislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, jamoatchilik asosida 6 ta monitoring, 1 ta jamoatchilik eshituvi boshqa sohaviy ma’lumotlar yuzasidan hududiy birlashma raisi hamda 3 ta tuman (Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Yangiyo‘l shahar) jamiyati raislarining hisoboti o‘qib eshittirildi.