Telegram-bot Virtual qabulxona

03.08.2023

Iste'molchining 1 million 20 ming so‘m mablag‘i iqtisod qilindi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida "Mindonobod" MFYda yashovchi I.Y.ning do‘kondan xarid qilingan gulqog‘ozi almashtirib berilmayotganligi masalasidagi murojaati o‘rganildi. Aniqlanishicha, fuqaro xonadonida olib borilayotgan ta'mirlash ishlarida ishlatish uchun 4 dona gulqog‘ozini (donasini 255.000 so‘mdan) xarid qiladi. Ustalar bu miqdordagi gulqog‘oz yetarli emasligini aytishganidan so`ng, fuqaro sotuvchi bilan uchrashib, o‘sha gulqog‘ozdan yana kerakligini bildiradi. Sotuvchi bunday gulqog‘oz sotuvda qolmaganligini ta`kidlaydi. Sotuvchi fuqaro I.Y.ning "Bo‘lmasa bularni olib, o‘rniga boshqasini bering", - degan talabini ham rad qiladi.

Shahar jamiyati mutaxassislari mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilikning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Qonunning 18-moddasida belgilab qo‘yilgan shartlarning mavjudligi, ya'ni tovar (gulqog‘oz)dan foydalanilmaganligi va shikast yetkazilmaganligi hamda qadog‘i bilan qaytarilayotganligi, shuningdek uning iste'mol xususiyatlari saqlanganligidan kelib chiqib, yuzaga kelgan vaziyatda iste'molchining muammosini hal qilib berish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Targ‘ibot ishlari natijasida, 4 dona gulqog‘oz sotuvchiga qaytarilib, o`rniga sotuvda ko‘proq hajmda mavjud bo‘lgan boshqa gulqog‘oz olib berildi. Iste'molchining 1 million 20 ming so‘m zarar ko‘rishining oldi olindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00