Telegram-bot Virtual qabulxona

23.02.2023

7 million 500 ming so'm miqdordagi asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Qo’qon shahar "Lashkar" ko’chasida yashovchi fuqaro M.S.ning O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram boti orqali qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha o'rganildi.

Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro zimmasiga “Farg’ona suv ta’minot” Qo’qon filiali tomonidan asossiz ravishda 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so’m miqdorida qarzdorlik hisoblangan.

Holat yuzasidan Qo’qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan o’rganuv ishlari davomida “Farg’ona suv ta’minot” Qo’qon filialining PK bazasidagi xatolik hamda operatorning arxivdagi ma’lumotlarni noto'g’ri kiritishi tufayli 7 500 000 so’m miqdoridagi noreal qarzdorlik hisoblangani ma'lum bo'ldi va qarzdorlik iste’molchining to’lov majburiyatidan olib tashlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00