Telegram-bot Virtual qabulxona

30.01.2025

Iste'molchi muammosiga aniqlik kiritilib, asossiz qarzdorlikning oldi olindi

Jizzax viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga Sh.Rashidov tumani "Saroylik" MFYda istiqomat qiluvchi O.M. yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaat mazmuniga ko‘ra, fuqaroning iste’mol qilingan elektr energiyasidan qarzdorligi bo‘lmasa-da, "Energosavdo" Sh.Rashidov tuman bo‘limi tomonidan iste'molchini xabardor etmasdan dalolatnoma tuzilib, unga nisbatan asossiz ravishda 6 977 340 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangan. 

Mazkur holat bo‘yicha hududiy birlashma ijrochi direktori Murod Haitov va mutasaddilar o‘rganish o‘tkazdi. 0046327-sonli hisob varag‘i asosida bugungi kungacha iste’mol qilingan energiya miqdori aniqlanib, jami 2 721 205 so‘m qarzdorlik mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Natijada, 4 256 135 so‘m asossiz qarzdorlikning oldi olindi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00