Telegram-bot Virtual qabulxona

18.02.2025

Salkam 3 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Qo'ng'irot tumanida istiqomat qiluvchi iste'molchi O.A. onlayn savdo orqali Toshkent shahridan 2 million 800 ming so'mga dori vositasini xarid qiladi. Dorini xarid qilish vaqtida agar shifosi sezilmasa, to'langan mablag' iste'molchiga qaytarib berilishi haqida ikki tomonlama kelishuv qilinadi. Dori vositasining foydasini sezmagan iste'molchi tashkilot bilan qayta bog'lanib, kelishuvga binoan to'lov qilgan mablag'ini qaytarib olish istagini bildirganida esa turli vajlar bilan iste'molchi talabi qanoatlantirilmaydi.

Ushbu murojaat Qo'ng'irot tuman jamiyati va Toshkent shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi tomonidan o'zaro hamkorlikda o'rganib chiqildi va dori vositasi bilan shug'ullanuvchi tashkilotga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, iste'molchining 2 800 000 so'm mablag'i qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00