
29.03.2024
Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.T joriy yilning 8-mart kuni Zebo savdo markazidagi do'konlarning biridan 1 480 000 so‘mlik changyutgich sotib olgan, ammo u sifatsiz bo'lib chiqqan. Nosoz tovarni sifatlisiga almashtirib berishlarini so'ragan iste'molchi mas'ullardan rad javobini olgan. So'ng, fuqaro federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilib, ushbu masalani hal etishda amaliy yordam so'ragan.
Murojaat tegishliligi bo'yicha Jizzax shahar jamiyati tomonidan o'rganilib, sotuvchiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz changyutgich sifatlisiga almashtirildi.