Telegram-bot Virtual qabulxona

19.06.2023

1 yarim million so'm noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro T.R. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro xonadonidagi tabiiy gaz 10 yil oldin tarmoqdan uzilgan va shu kunga qadar suyultirilgan gaz ballonidan foydalanib kelingan. Ammo 2023-yil aprel oyida tuman gaz ta'minoti korxonasi tomonidan fuqaroga nisbatan 1 469 000 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Ushbu murojaat yuzasidan Kosonsoy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilib, qarzdorlik asossiz ekani aniqlandi va murojaatchi muammosi bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00