
22.08.2023
Rasmiy sahifalar orqali bu mavzuga doir qator murojaatlar yoritilgan. Turli ishlab chiqaruvchilar, koʼrsatilmagan servis, nosoz chiqqan turli motorollerlar va hokazo. Chop etilgan maqolalarni tahlil qiladigan bo`lsak aksariyat bu kabi murojaatlarda asosiy muammo motorollerlarning dvigatellaridagi nosozliklar tufayli yuzaga kelgan.
Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.А Buxoro tumanida joylashgan mototexnika doʼkonidan 23 500 000 soʼmga elektromotoroller xarid qiladi. Oradan hech qancha vaqt oʼtmasidan elektromotoroller dvigatelida nosozlik aniqlangan. Tadbirkor tomonidan servis xizmati koʼrsatilmagach, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi qisqa ishonch raqami orqali ogʼzaki murojaat qoldirgan.
Buxoro tuman jamiyati xodimlari ushbu murojaatni joyiga chiqib oʼrganib, elektrodvigatel nosoz ekanligini servis xulosasi orqali aniqladi. Tadbirkorga qonuniy tushuntirishlar berilgach, elektromotoroller elektrodvigateli yangi, soz holatdagisiga almashtirib berilib, murojaat ijobiy hal etildi.