
11.08.2023
Kengash yig‘ilishida viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, Аholining huquqiy bilimi, isteʼmol madaniyatini oshirish maqsadida viloyatimiz tuman (shahar)laridagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʼinlari, korxona, tashkilot va muassasalarda isteʼmolchilarning asosiy huquqlari, isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishi borasidagi targʼibot ishlarini hududiy birlashma, jamiyatlar va joylardagi tayanch guruhlari saʼyi harakatlari bilan “Yuksak iste`mol madaniyati sari”, “Iste`mol madaniyatini oshirish-davr talabi” “Biz barchamiz iste`molchimiz”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari – qonun himoyasida” “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish aholi turmush darajasini oshirishning muhim omilidir” kabi mavzularda
- 46 marta oʼquv-seminarlari,
- 432 marta davra suhbatlari,
- 463 marta radio orqali Oʼzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonuni mazmun-mohiyati toʼgʼrisida va isteʼmolga yaroqsiz, muddati oʼtgan, sertifikatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishini oldini olishga qaratilgan eshittirishlar oʼtkazildi,
- 11 marta televideniyada,
- 78 marta mahalliy gazetalarda axborot va maqolalar chiqarildi.
Federatsiya muassisligida aholining huquqiy va iste`mol madaniyatini targ`ib qilishga qaratilgan “Iste`mol madaniyati” ijtimoiy-huquqiy, ma`naviy-ma`rifiy ommabop gazetasiga, 42 marta faoliyat yuzasidan axborot va maqolalar berildi.
Federatsiya saytiga 591 marta ахборот ва maqolalar berildi.
Hisobot davrida hududiy birlashma va uning jamiyatlari tomonidan fuqaro (iste`molchi)larning murojaatlarini ko`rib chiqish yo`nalishi bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirilganli ham ta`kidlab o`tildi.
Jumladan, hududiy birlashma va jamiyatlariga 2023 yilning 2-choragi mobaynida fuqaro (iste`molchi)lardan jami 808 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ushbu murojaatlarning
278 tasi yozma,
475 tasi og`zaki,
55 tasi elektron shaklda yuborilgan.
Ushbu hududiy birlashmaga kelib tushgan 55 ta elektron murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Ishonch telefoniga 1 ta murojaat, Federatsiyaning virtual qabulxonasiga 45 ta murojaat hamda telegram ijtimoiy tarmog`ida tashkil etilgan Mazkur ariza shikoyatlarning 800 tasi ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilar foydasiga jami 6 761 947 326 (Olti milliard etti yuz oltmish bir million to`qqiz yuz qirq etti ming uch yuz yigirma olti) so`m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Shundan sud organlari orqali 5 ta murojaat ko`rib chiqilib 169.117.340 (Bir yuz oltmish to`qqiz million uch yuz qirq) soʼm iste`molchilar foyasiga hal etilgan.
Nazorat organlari orqali 2 ta murojaat ko`rib chiqilib 2.495.000 so`m hal etildi.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste`molchilardan kelib tushgan murojaatlar: