Telegram-bot Virtual qabulxona

25.08.2023

Nosoz qurilma sotuvchiga qaytarildi

Salqin ichimliklar iste’moli yoz mavsumida ancha yuqorilashi tabiiy. Uy sharoitida ham mevalarni saralab sharbat tayyorlash uchun sharbat chiqargich xarid qilamiz. Har doim ham ushbu xaridimiz o‘zimiz xohlagandek bo‘lib chiqmasligi mumkin.

G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro E.M G‘ijduvon tumanida joylashgan do`konlarning biridan 500 000 so‘m evaziga sharbat chiqargich xarid qilgan. Ammo foydalanish chog‘ida nosozlik kuzatilgan. Iste’molchi yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan.

G‘ijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, servis xulosasiga ko‘ra qurilma nosoz deb topildi. Tadbirkorga zaruriy ko‘rsatma va tushuntirishlar berilib, to‘lov iste’molchiga to‘liq qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00