Telegram-bot Virtual qabulxona

21.11.2023

Ortiqcha yechib olingan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro L.B tumanda joylashgan gaz quyish shoxobchasidan gaz xarid qilib, to‘lovni plastik karta orqali amalga oshirgan. Ammo shoxobchadan uzoqlashgach, telefoniga ikki marta to‘lov yechilgani to‘g‘risida sms-xabarnoma kelgan. Holatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan.

Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, iste’molchi plastik kartasidan haqiqatan ikki marta pul yechilganligi aniqlandi va shu kunning o‘zidayoq ortiqcha olingan mablag‘ iste’molchiga qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00