
05.01.2024
Qarshi shahri "Mahallot" mahallasida yashovchi fuqaro Z.Q. Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilib, aviakassa tomonidan yetkazilgan zararni undirishda yordam soʻragan.
Aniqlanishicha, fuqaro tomonidan “Varshava-Toshkent” yoʻnalishi uchun Qarshi shahrida joylashgan aviakassadan 5 100 000 soʻmga chipta sotib olingan. Biroq aviakassaning litsenziyasi muddati tugaganligi sababli, sotilgan chipta orqali uchish bekor qilingan. Shunga qaramasdan, chipta xarid qilish uchun amalga oshirilgan toʻlov iste'molchiga qaytarilmagan.
Mazkur murojaat “Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalari” talablariga muvofiq oʻrganilib, aviakassa tomonidan chipta uchun olingan toʻlov iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi.