Telegram-bot Virtual qabulxona

07.02.2025

Kir yuvish mashinasidagi nuqson bepul bartaraf etildi

Iste'molchi 2024-yil mart oyida To'rtko'l tumani "Lider-1" savdo do'konidan 2 million soʻmga "Rosso" rusumli kir yuvish mashinasini 3 yillik kafolatli kelishuv bilan xarid qiladi. Oradan bir yilga yaqin vaqt o'tib, kir yuvish mashinasida nosozliklar kelib chiqadi va ushbu holat bo'yicha do'kon xodimlariga murojaat qilib, bepul servis xizmatini so'raydi. Ammo iste'molchining murojaati e'tiborsiz qoldiriladi. 

Ushbu murojaat To'rtko'l tumani iste'molchilar huqqularini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tegishli tartibda o'rganilib, tomonlarga amladagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nuqsonli kir yuvish mashinasi bepul ta'mirlab berilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00