Telegram-bot Virtual qabulxona

22.06.2023

22 million so'm iste'molchiga qaytarildi

O'zbekiston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisga raqamli ishonch telefoniga Sherobod tumanida yashovchi fuqaro M.B. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Termiz shahridagi "Termiz Zebo" MChJ dan kredit asosida 22 million so'mlik motoroller xarid qilgan. Ammo oradan vaqt o'tib, motoroller nosoz ekani ma'lum bo'lgan. Fuqaro bundan norozi bo`lib, do`kon ma`muriyatiga tovarni qaytarib olishlarini so`rab, bir necha bor murojaat qilgan. Lekin hech qanday natija bo'lmagan.

Ushbu murojaat Sherobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganildi va xarid qilingan motoroller MChJga qaytarilib, 22 000 000 so'm pul mablag'i murojaatchiga to'liq holda qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00