
07.08.2024
Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Sh. tuman markazida joylashgan elektro texnikalar savdo do‘konidan 4 700 000 so‘m evaziga elektroskuter xarid qilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, unda nosozlik kuzatilgan.
Servis xodimlari tomonidan qurilmani qayta sozlash jarayonida uning yaroqsizligi, ya’ni ta’mirlab bo‘lmasligi aniqlangan. Savdo xodimlari bilan bu borada ijobiy yechimga kela olmagach, fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat IHHQ hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.
Vobkent tuman jamiyati murojaatni joyiga chiqib o‘rganishi, tadbirkorga qonuniy tushuntirishlar berishi natijasida, murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchiga nosoz elektroskuter uchun to‘langan pul mablag'i qaytarildi.