
26.03.2025
Qumqoʻrg'on tumani "Boʻston" mahallasida yashovchi iste'molchi M.K. tuman markazidagi "Asl Mir" savdo majmuasida joylashgan "Artel" savdo do'konidan qiymati 1 150 000 soʻm bo'lgan mikroto'lqinli pech xarid qiladi. Ammo bir necha kun o'tgach, unda nosozlik borligi ma'lum bo'ladi. Iste'molchi savdo do'koni xodimlaridan almashtirib berishlarini talab qilsa-da, hech qanday natija bo'lmaydi.
Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi hamda amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so'ng, qiymati 1 150 000 so'm bo'lgan nosoz mikroto'lqinli pech sifatlisiga almashtirib berildi.