Telegram-bot Virtual qabulxona

18.04.2024

889 MILLION SO'M NOREAL QARZDORLIK ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Norin tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 19 MFYda yashovchi fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar oʻrganildi.

Keltirilishicha, "Orif Nurli Kelajak" MCHJ xizmat ko'rsatuvchisi tomonidan 2023-2024-yillar mobaynida iste'molchilarga nisbatan noreal qarzdorliklar hisoblab kelingan.

Jamiyat xodimlari tomonidan MCHJ mutaxassislari bilan oʻrganish ishlari olib borilishi natijasida, 46764 ta fuqaroga nisbatan 889 731 000 soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi va iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00