Telegram-bot Virtual qabulxona

13.06.2024

2 million so'mlik nosoz televizor bepul ta'mirlab berildi

Qo’rg’ontepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga Jalaquduq tuman Toshloq MFYda yashovchi M.N. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Murojaatda keltirilishicha, iste'molchi Qo’rg’ontepa tuman “Kamolot Savdo” MCHJga qarashli maishiy texnika savdo do'konidan “SAMSUNG SMART 43 G800” dyumli televizorni 2 100 000 so’mga xarid qilgan, ammo unda nosozliklar kuzatilgan.

Jamiyat mutaxasislari tomonidan tadbirkorga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli bandlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi hamda murojaatchi xarid qilgan “SAMSUNG SMART 43 G800” dyumli televizor bepul ta'mirlab berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00