
20.12.2024
Termiz tumani “Qoraxon” mahallasida yashovchi fuqaro Angor tuman tijorat bozori hududidagi savdo do'konidan 2 700 000 so'm evaziga ko'rpa matolarini tanlab, o‘sha do‘kon ishchilariga o‘lchamlarini aytgan holda, tikishga buyurtma beradi.
Ammo ko‘rpalar tayyor bo‘lgandan keyin ularning sifatsiz tikilganini ko‘radi va bu holatdan norozi bo‘lib, Angor tuman jamiyatiga murojaat qiladi.
Holatni o‘rganib chiqqan tuman jamiyati mutaxassislari tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi va ko‘rpa uchun to‘langan pullar to‘liq iste’molchiga qaytarib berildi.