Telegram-bot Virtual qabulxona

22.06.2023

3 million 200 ming so'mlik nosoz telefon bepul ta'mirlab berildi

Jizzax viloyati Do'stlik tumanida yashovchi fuqaro Ch.M. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, iste’molchi Do‘stlik tuman dehqon bozori hududida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan "Samsung A 33" rusumli mobil telefonni 3 200 000 so‘mga xarid qilgan. Ammo oradan 2 soat ham o'tmay, telefon nosoz ekanligi ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro uni almashtirish maqsadida do'konga qaytarib olib borgan, sotuvchi esa mijozni mashara qilib, telefonni Xitoydan almashtirib kelishi mumkinligi aytgan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilib, nosoz telefon apparati bepul ta'mirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00