Telegram-bot Virtual qabulxona

10.04.2023

1 million 700 ming so'mlik nosoz tovar sifatlisiga almashtirildi

Do‘stlik tuman iste’molchilar huquqlarinini himoya qilish jamiyatiga "Sanoatchilar" MFYda yashovchi S.M. tomonidan ariza kelib tushgan.

Unga ko‘ra, fuqaro tumanda joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 1 700 000 so‘mga sharbat chiqaradigan moslama xarid qilgan. Ammo ushbu texnika ishlatib ko‘rilganida mutlaqo yaroqsiz ekani ma'lum bo'lgan. Ko‘p holatda, muddatli to‘lov sharti bilan sotib olingan tovarlarda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida murosasizlik kelib chiqadi. Bu gal ham shunday bo‘ldi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat o'rganilib, sotuvchiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz tovar sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00