Telegram-bot Virtual qabulxona

13.12.2021

Uch muammo, uch уechim

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Q.N. tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat kelib tushdi.
Qayj etilishicha, isteʼmolchi joriy yilning avgust oyida Jondor tumanidagi Feruz ismli ustaga qarashli mebel sexiga 1300 $ga yotoq mebel buyurtma qilganini va ustaga boshlangʻich toʻlov sifatida 500 $ berganini, biroq oradan 3 oy oʻtgan boʻlsada, mebeldan darak yoʻqligi sababli ustaga murojaat qilgan boʻlsada, usta turli bahonalar orqali mebel tayyorlab berishni kechiktirib kelgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchiga mebel uchun olgan 500 $ni toʻliq qaytarib berilishiga erishildi.
Yana bir murojaat, fuqaro J.B. dan kelgan boʻlib, qayd etilishicha, isteʼmolchi tish davolatish maqsadida, “R.K.Dental” xususiy stomatologiyasida inplant tish qoʻydirish va davolatish maqsadida shifokorga 5 980 000 soʻm naqd pul beradi, biroq, oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan qoʻyilgan tishlar yaroqsiz holga kelib qoladi. Bu holat yuzasidan isteʼmolchi shifokorga murojaat qilganida, shu kunga qadar shifokor qayta davolash oʻtkazishini aytib isteʼmolchini aldab kelganini aytib oʻtgan.
Ushbu murojaat Buxoro shaxar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchiga tish davolash uchun toʻlagan 5 980 000 soʻm mablagʻ toʻliq qaytarilishiga erishildi.
Shuningdek, Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro R.N oʻz murojaatida, Gʻijduvon tumanida joylashgan dehqon bozoridagi “Samsung” savdo doʻkonidan 3 500 000 soʻmga “Indesit” muzlatgichini xarid qilgan, muzlatgichga 3 yil kafolat muddati berilgan, ammo muzlatgich kafolat muddati ichida muzlatgich motori ishdan chiqib nosoz axvolga kelib qolgan va bundan norozi boʻlgan isteʼmolchi tadbirkorga almashtirib berish yoki toʻlangan pulini qaytarib berishini soʻrab doʻkonga murojaat qilgani, sotuvchi esa almashtirishdan boʻyin tovlaganini aytib oʻtgan.
Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida muzlatgich motori tadbirkor tamonidan toʻliq taʼmirlab berilishiga eriishildi.

Hurmatli isteʼmolchi, agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoni
va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00