
19.03.2024
Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Ingichka" MFY da yashovchi fuqaro Z.A. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Mingbuloq dehqon bozori hududidagi ayollar kiyimi rastasidan 1 000 000 soʻmga 2 ta ko'ylak sotib olgan. Ularni sovgʻa qilib berganidan soʻng, singlisiga rangi yoqmagan hamda onasiga oʻlchami mos kelmagan. Isteʼmolchi kiyimlarni qaytarib olib kelganida sotuvchi qaytarib olishdan bosh tortgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qabul qilinib, oʻz vaqtida joyiga borib oʻrganildi hamda sotuvchiga isteʼmolchilar huquqlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi va isteʼmolchining talabi boʻyicha tovar puli qaytarib olib berildi.