
30.08.2023
Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Navoiy viloyat TRK, O‘zbekiston ilmiy Sinov va sifat nazorati markazi Navoiy viloyat boshqarmasi hamda Navoiy shahar Sanitariya va epedimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamkorligida shaharning markaziy Dehqon bozorida «Sifat nazorati» tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida asosiy e'tibor savdo do‘konlari va dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining iste'molga yaroqlilik darajasiga, sotuvchilar tomonidan mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga rioya etilish holatlariga, shuningdek iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatiga alohida e'tibor qaratildi.