01.11.2021
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subʼektlari” taʼmoyili asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning mahallabay tizimini joriy etishga qaratilgan “Isteʼmolchilar markazi”ni tashkil etila boshlandi.
Аna shunday maskanlardan dastlabkisi. Buxoro viloyati, Buxoro tumani “Shergiron” mahallasida foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Buxoro tumani hokimi Xayrulla Joʼraevning takidlashicha, respublika boʼylab tanlanma asosida ikkita mahalla hududida “Isteʼmolchilar markazi” tashkil etilishi nazarda tutilgan.
KUTILАYoTGАN NАTIJА
“Isteʼmolchilar markazi”da aholi muammolarini tizimli oʼrganish va ularning aniq hal etilishida davlat boshqaruvi va xoʼjalik boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlikda ishlashning yangicha tizimi yoʼlga qoʼyiladi. Fuqarolarning (savdo, gaz va elektr taʼminoti, suv taʼminoti, kommunal xoʼjaligi, ekologiya, qurilish, kadastr, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, sogʼliqni saqlash, taʼlim, xizmat koʼrsatish (servis) transport sohasiga, aloqa boshqa sohalar)dagi murojaatlari mahallabay koʼrib chiqilishida huquqiy maslahatlar beriladi. Muammolar joyida hal etilishiga sharoit yaratiladi.
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan har bir mahalla kesimida “Isteʼmolchi daftari” shakllantiriladi.
Isteʼmolchi daftari” — mahalladagi mavjud xonadonlar kesimida, aholi (isteʼmolchilar)ga uy-joy, kommunal xizmat, servis va xizmat koʼrsatish, transport, aloqa va kommunikatsiya, savdo va umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat koʼrsatish va boshqa sohalarda muammolarni jamoatchilik nazorati tartibida oʼrganish va oʼrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning joyida bartaraf etilishi boʼyicha takliflar oʼrganildi.
YOʼNАLIShLАR
Isteʼmolchi daftari” quyidagi yoʼnalishlarni qamrab oladi:
- mahallada har bir xonadon kesimida elektr energiyasiga ulanish holati, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasi shartlarining belgilangan tartibda bajarilish holatlarini monitoring qilish, tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;
- har bir xonadon kesimi hamda ijtimoiy soha obʼektlarining tabiiy gazga ulanganlik (suyultirilgan gaz baloni bilan taʼminlanganlik) holati, gaz taʼminoti tashkilotlari bilan tuzilgan gaz taʼminoti shartnomasi shartlarining belgilangan tartibda bajarilishi holatlarini monitoring qilish, tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;
– xonadonning ichimlik suv bilan taʼminlanganlik holati, ichimlik suvi yetkazib beruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma hamda tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;
- xonadonning chiqindi tashish xizmatidan foydalanishi, chiqindi tashish xizmatini koʼrsatuvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma hamda tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;
- komunal toʼlovlarni amalga oshirishda toʼlov qobiliyatiga ega boʼlmagan oilalarni aniqlash orqali homiylik mablagʼlari hisobidan qarzdorliklarni soʼndirish choralarnii koʼrish;
- oilada kasal, tibbiy xizmatdan foydalanishga muhtojligi boʼlgan aʼzolar, kasalligi boʼyicha qoʼyilgan tashxis, davolanish muddati (har uch oyda, har olti oyda), dorilarga ehtiyoji va h.k.;
- mahalla hududida faoliyat yurituvchi jamoat transporti, ichki yoʼllar ahvoli;
- mahalla hududidagi savdo va xizmat koʼrsatuvchi obʼektlarining mavjudligi hamda faoliyatidan aholining qoniqish darajasi.
Loyiha doirasida 28 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etiladi.
Loyihani amalda tatbiq etish orqali koʼzlangan natijaga erishilsa, kelgusida respublikaning 9440 ta mahalla fuqarolar yigʼini hududida “Huquqiy maslahat” markazlari tashkil etish orkali 18880 nafar ishchi oʼrinlari yaratish imkoni paydo boʼladi.