Telegram-bot Virtual qabulxona

09.08.2023

Yana bir murojaat ijobiy hal etildi

Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Talisafed” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.N. savdo munosabatlarida huquqlari buzilganligidan norozi holatda murojaat qildi. Gap shundaki, fuqaro Q.N. G'ijduvon bozorida joylashgan "Al-Aziz Baraka" MCHJ do'konidan 4.500.000 so’mga "Kosterika skuter" velosiped xarid qilgan. Lekin mahsulot 1 kun o'tib sifatsiz ekanligi ma`lum bo`ldi. Fuqaroning mahsulotni sifatlisiga almashtirib olish bo‘yicha sotuvchiga qilgan murojaati esa ijobiy yechim topmagan. Shundan so`ng fuqaro sifatsiz "Kosterika skuter" velosipedni sifatlisiga almashtirib olishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, iste’molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi huquqiga ega, 13-moddasiga ko‘ra esa, iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning nuqsonli tovarni maqbul sifatli tovarga almashtirib olish huquqi kafolatlangan.

Murojaatni o‘rgangan Gijduvon tuman jamiyati mas’ul xodimlari sotuvchiga yuqoridagi holatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar bergach, u iste’molchining qo‘lidagi nuqsonli "Kosterika skuter" velosipedni qaytarib olib yangisiga almashtirib berdi. Iste'molchi G'ijduvon tuman jamiyati xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00