
19.09.2024
Urganch tumani "Chakka Sholikor" qishlog’ida yashovchi fuqaro “Xorazm issiqlik manbai” DUK tomonidan ko’rsatilmagan xizmat uchun (uy isitish tizimidan uzilgan) undan 1 851 428 so’m undirish to’g’risida sud buyrug’i chiqarilganidan norozi boʼlib O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Urganch tuman jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat jamiyat mutaxasislari tomonidan o’rganib chiqildi. O’rganish natijasida, fuqaroda haqiqatda qarzdorlik mavjud emasligi aniqlandi. 2024-yil 28-avgust kuni noto’g’ri hisoblangan 1 851 428 so’m qarzdorlikni undirish to’g’risidagi sud buyrug’i bekor qilinganligi haqida Ajrim chiqarildi.