Telegram-bot Virtual qabulxona

24.01.2025

Iste'molchi talabiga ko'ra, aviabilet boshqa kungi reys uchun almashtirib berildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi "Mehnatobod" MFY da yashovchi isteʼmolchi M.Qurbonova yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, isteʼmolchi 6-yanvar kuni oʻgʻli Rahmonberdiyev Islomjon nomiga “ATLAS AVIA tour” firmasidan 24-yanvar kuni uchun "Istanbul-Namangan" yoʻnalishi boʻyicha 2 470 000 soʻmga onlayn bilet sotib olgan. Biroq Rahmonberdiyev Islomjon oʻsha kungi reysda parvozni amalga oshirolmasligi sababli, aviabilet pulini qaytarib olmoqchi yoki biletni boshqa kungi reysga almashtirmoqchi boʻlishgan, lekin firma tomonidan rad etilgan. Ushbu holatdan norozi boʻlgan isteʼmolchi jamiyatdan amaliy yordam berishni soʻragan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qabul qilinib, oʻz vaqtida oʻrganib chiqildi hamda “ATLAS AVIA tour” firmasi bilan muloqot qilinib isteʼmolchi talabi boʻyicha aviabiletni Rahmonberdiyev Islomjon xohlagan kundagi reys aviabiletiga almashtirib olishi va parvozni amalga oshirishiga erishildi. Isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00