
07.09.2023
Chortoq tumani "Oyqiron" MFYda yashovchi fuqoro T.M. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Murojaat mazmuniga koʻra, fuqoro issiqxona qurish uchun 2021-yilda Chortoq tumanida joylashgan "Baxtli oila mebellari" OK bilan tuzilgan shartnomaga asosan, Xalq banki Chortoq tumani filialidan 4 200 000 soʻm kredit mablagʻi rasmiylashtirgan. Shartnomaga ko'ra, bank tomonidan kredit summasi oʻz vaqtida oʻtkazib berilgan boʻlsa-da, yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi sababli iste'molchi zarar koʻrgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Chortoq tumani jamiyati mutaxassislari tomonidan isteʼmolchining huquqiy manfaatlarini himoya qilish va qonuniy baho berish maqsadida Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga davo arizasi kiritildi. 2023-yil 14-avgustda ochiq sud majlisi boʻlib o'tdi. Sud qaroriga ko'ra, javobgar "Baxtli oila mebellari" OK rahbari A.Gʻ.dan fuqaro foydasiga 4 200 000 (toʻrt million ikki yuz ming) soʻm zarar undirish belgilandi.