
07.02.2024
Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.J. tuman dehqon bozorida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkonidan 6 400 000 soʻm evaziga muzlatgich xarid qilgan. Xoʻjalikda foydalanilganda, kafolat muddati bilan sotilgan maishiy texnika vositasida bir oy muddat ichida nosozlik yuzaga kelgan. Tadbirkor bilan murosaga kela olmagach, fuqaro Buxoro tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan.
Buxoro tuman jamiyati raisi F.Boʻronov tomonidan holat oʻrganilib, savdogarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz muzlatgich yangisiga almashtirib berildi.