Telegram-bot Virtual qabulxona

31.01.2022

FUQAROGA  AVTOMASHINA  YETKAZIB  BERILDI

2022-yil 8-yanvar kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish  jamiyatlari Federatsiyasining  “Ishonch telefoni”ga  Uchquduq tumanida yashovchi fuqaro A.Alimov shikoyat bilan murojaat qilgan.
Fuqaro oʻz murojaatida “Jentra” avtomashinasi sotib olish uchun avtosalonga 40 500 000 soʻm miqdorida mablagʻ toʻlagan boʻlsa-da, xizmat koʻrsatuvchi korxona tomonidan avtomashina yetkazib berilmayotganidan noroziligini bayon qilgan. 
Murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqilishi natijasida shu kunning oʻzidayoq fuqaroga “Jentra” avtomashinasi yetkazib berildi.
Yana bir murojaat, Chust tumanida yashovchi fuqaro M.M tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha, fuqaro 2021-yilning Aprel oyida xonadoniga zamonaviy Akfa eshik-romlari oʻrnatish maqsadida  tuman markazida faoliyat yuritayotgan  “ATLAS AKFA”xususiy korxonasi bilan umumiy qiymati 17. 500 000 soʻm shartnoma tuzgan boʻlib, unga koʻra buyurtmachi kelishilgan summaning 15. 500 000 soʻm mikdorini oldindan tulab berishni,kolgan 2. 000 000 soʻm miqdorini ish-xizmat bajarib bulingandan soʻng toʻlab berish majburiyatini oladi, bajaruvchi korxona raxbari A.A. 15. 500 000 soʻm  toʻlovni kabul kilib olgan kundan boshlab 20 kun ichida buyurtmani yukori sifatda bajarib oʻrnatib berishlik majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Fukaro (isteʼmolchi) M.M. kelishuvga koʻra 15. 500 000 soʻm toʻlovni oldindan bajaruvchiga toʻlab beradi,bajaruvchi korxona  esa ish-xizmatni kelishuvda belgilangan muddatdan kechiktirib bajarib beradi. Bajarilgan ish-xizmatdagi nuqsonlarni koʻrib ranjigan fukaro nuksonlarni kursatib tadbirkordan ish-xizmatdagi nuqsonlarni bartaraf kilib berishni talab kiladi, tadbirkor kamchiliklarni bartaraf etishga rozi boʻladi, biroq oradan ancha vaqt oʻtgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganidan norozi ekanini aytib oʻtgan.
Murojat oʻrganilishi natijasida, muammo ischteʼmolchi foydasiga ha etilishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00