01.03.2024
Urganch tuman "Turkmanlar" mahallasida yashovchi fuqaro O.B. tomonidan 2024-yil 14 fevral kuni Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro Xiva tumanida faoliyat yuritadigan tadbirkor Q.S.dan 13 000 000 so'mga yotoqxona mebeli sotib olgan, ammo buyurtma qilingandan boshqa rangdagi mebel jo'natilganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat jamiyat xodimlari tamonidan o'rganib chiqildi va sotuvchiga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tog'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o'tildi. Shundan so'ng, iste'molchiga mebel uchun amalga oshirgan to'lovi yani 13 000 000 so'm pul mablag'i to'liq shaklda olib berildi.