Telegram-bot Virtual qabulxona

25.09.2023

3 yarim million so'mlik nosoz noutbuk yangisiga almashtirildi

Norin tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Boyovul" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.M.dan murojaat kelib tushgan.

Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro Xaqqulobod shahri markazida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkonidan umumiy qiymati 3 651 000 soʻm boʻlgan "Acer" noutbukini xarid qilgan. Ammo oradan 5 kun muddat oʻtmay, unda nuqson borligi ma'lum bo'lgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan sotuvchiga "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunga asosan, tovarning nuqsonlari aniqlanganda, shu kundan boshlab 7 kunlik muddat ichida tovar ayni shunday markali tovarga almashtirilishi yoki sotuvchida bunday tovar mavjud boʻlmasa, isteʼmolchi toʻlangan pulni qaytarib olishi mumkinligi tushuntirib oʻtildi. Natijada, nosoz noutbuk yangisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00