Telegram-bot Virtual qabulxona

20.03.2025

Iste'molchining 20 million so'mdan ziyod pul mablag'i qaytarildi

Sariosiyo tumani "Bog‘dod" mahallasida yashovchi fuqaro B.X. tumandagi YATTlarning biridan 20 250 000 so‘mga darvoza sotib oladi va xonadoniga o‘rnatadi. 

Ammo ko'p o'tmay, darvoza sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ladi. So'ng, fuqaro tadbirkorga darvoza sifatsizligini aytib, to‘lagan pullarini qaytarib berishini talab qiladi. Tadbirbor T.D. esa turli bahonalarni ro'kach qilib, iste'molchi talabini qanoatlantirmaydi.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, darvoza uchun to‘langan 20 250 000 so‘m pul mablag‘i o‘z egasiga qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00