Telegram-bot Virtual qabulxona

16.02.2024

6 yarim million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Namangan  viloyati Norin  tumanida yashovchi fuqaro J.M.  tomonidan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro tumanda joylashgan maishiy texnikalar doʻkonidan 6 400 000 soʻmga muzlatgich xarid qilgan. Hali foydalanishga ulgurmasdan, muzlatgichda nuqsonlar koʻrina boshlagan. Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro doʻkon maʼmuriyatiga bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, "Mendan ketguncha, egasiga yetguncha" qabilida fuqaro murojaatini eʼtiborsiz qoldirishgan.  

Ushbu holat jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganilganda haqiqatan ham muzlatgich nosoz ekani ma'lum bo'ldi. Natijada, 6 400 000 soʻm mablagʻ egasiga qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00