Telegram-bot Virtual qabulxona

15.09.2023

Nosoz changyutgich puli iste'molchiga qaytarildi

Yangiqoʻrgʻon tumani "Bunyodkor" MFYda yashovchi fuqaro X.B. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil 25-avgust kuni tuman markazida joylashgan savdo doʻkonidan 2 400 000 soʻmga changyutgich sotib olgan. Lekin ushbu maishiy texnika vositasi nosoz chiqqanligi boʻyicha savdo markazi masʼullariga murojaat qilganida ular turli bahonalarni roʻkach qilib, muammoni bartaraf qilmagan.

Yangiqoʻrgʻon  tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati joyiga borib oʻrganilib, tadbirkorga tegishli qonunchilik asoslari boʻyicha tushuntirish berildi. Natijada, savdo markazi maʼmuriyati tomonidan fuqaroga 2 400 000 soʻm pul mablag'i qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00