Telegram-bot Virtual qabulxona

28.05.2024

6,2 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Norin tumani "Margʻizor" mahallasida yashovchi fuqaro E.K. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Norin tuman ijro etuvchi apparatiga murojaat qilgan.

Fuqaro Norin tuman markazida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkonidan 6 200 000 soʻmga 3 yillik kafolat muddati bilan kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Ammo hech qancha vaqt oʻtmay, kir yuvish mashinasi ishlamay qolgan. Fuqaro maishiy texnikani tuzatib berishni yoki yangisiga almashtirishni soʻrab, doʻkon xodimlariga murojaat qilganda rad javobini olgan.

Ushbu holat Norin tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib chiqildi va sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, nosoz kir yuvish mashinasiga toʻlangan pul isteʼmolchiga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00