Telegram-bot Virtual qabulxona

25.02.2025

Tilla buyum uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Angor tumani “Sharq Guli” mahallasida yashovchi fuqaro “Ishonch” savdo do‘konidan 3 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan qiymati 1 300 000 so‘m bo‘lgan tilla kulon xarid qiladi. Ammo kulon taqinchoqqa to‘g‘ri kelmagani sababli do‘kon xodimlaridan almashtirib berishini talab qiladi. Sotuvchi esa ushbu talabni turli xil bahonalar bilan rad etadi. 

Holatni tuman jamiyati xodimlari atroflicha o’rganib chiqib, tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi hamda do‘konda ushbu tilla taqinchoqqa to‘g‘ri keladigan kulon yo’qligi sababli tuzilgan shartnoma bekor qilindi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00