Telegram-bot Virtual qabulxona

11.08.2023

Sug'urta to'lovlari qaytarib olib berildi

Bank tomonidan kredit rasmiylashtirish chog'ida iste'molchi va bank munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun sug'urta kompaniyalariga ehtiyoj seziladi. Albatta kredit mablag'lari qaytarilishini kafolatlovchi ushbu tashkilotlarga to'langan to'lov agar kredit muddatidan oldin to'liq to'langan holda iste'molchiga qaytariladi.

Fuqaro F.N. 2022-yil 18-noyabrda Buxoro shahridagi "Hamkorbank"dan 132 000 000 so'mga cobalt avtomashinasini kredit asosida xarid qilgan. 2023-yil 8-iyunda kreditni to'liq to'lagan va o'z nomiga rasmiylashtirgan. Fuqaro mazkur kreditni "KROSS"sug'urta kompaniyasida sug'urta qilgan.

Iste'molchi kreditni muddatidan oldin to'lagani uchun sug'urta to'lovini qaytarib berishni talab qilgan. Ammo sug'urta kompaniyasi iste'molchiga to'lovni to'lashni paysalga solib kelgan. Iste'molchi F.N. Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat mas`ul xodimlari aralashuvi bilan   sug'urta kompaniyasi tomonidan 2 500 000 so'm mablag' qaytarib olib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00