
14.08.2024
Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro A.U. Buxoro shahridagi M.Karim ko'chasida joylashgan "MIRONSHOX OPTAVIK GOLD" korxonasiga qarashli savdo do'konidan joriy yilning 23 may kuni "JACK" rusumli tikuv mashinasini kredit asosida 7 000 000 so'mga xarid qilgan. Ammo tovar nosoz chiqib, fuqaroning umidlarini puchga chiqargan.
Iste'mochi bir necha marotaba savdo do'koni sotuvchisiga shikoyatqilgan. Lekin barcha harakatlari javobsiz qolganligidan norozi bo'lib, Buxoro shahar iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan qonun doirasida o'rganish o'tkazilib, do'kon sotuvchisiga amaldagi "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi tegishli qonun talablari tushuntirildi. Jamiyat xodimlari mehnati samara berib, sotuvchi iste'molchiga nosoz tovar o'rniga yangi "JACK" rusumli tikuv mashinasini yetkazib berdi.