
21.09.2022
2022-yilning 2-iyun kuni “Iftixor” MFY da yashovchi fuqaro T.D Chortoq tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qoldirgan. Murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchi T.D ga “FUJOZE TEKS” MCHJ bilan 2022-yil 11-aprel kungi tuzilgan shartnomaga koʻra fuqaro T. D ga 25 000 000 (yigirma besh million) soʻmlik zotli tovuqlar “Xar bir oila tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibiga binoan 25 000 000 (yigirma besh million) soʻm ajratilgan. Fuqaroga shartnomada koʻrsatilgan 30 dona zotli tovuqlar oʻrniga 10 dona zotli tovuqlar berishgan. Biroq olingan tovuqlarning barchasi nobut boʻlgan. Isteʼmolchi “FUJOZE TEKS” MCHJ tomonidan parandalar berilgandan soʻng amaliy yordam koʻrsatilmaganligi hamda tavsiyalar berilmaganligidan norozi boʻlgan. U tovuqlar kasalligi sababli qisqa vaqtda nobut boʻlganligi, endilikda u olgan kreditidan ham samara va foyda koʻrmaganini aytib, unga koʻmak berishlarini soʻragan. Toʻgʻrida, kredit olishdan, parandachilikni yoʻlga qoʻyishdan maqsad roʻzgʻori uchun moddiy koʻmak olish boʻlgan. Ariza qoldirgan isteʼmolchimiz kabi qaysidir “uddaburonlarga” aldanib qolayotganlar koʻp oramizda. Ushbu murojaat 22.07.2022-yil kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudi tomonidan oʻrganilib chiqildi. Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan “FUJOZE TEKS” MCHJ dan fuqaro T.D foydasigaga 22 600 000 soʻm undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi. Har qanday holatda ham inson manfaatlari himoya qilinishi lozim! Zotan davlat dasturlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, gʻoyalar va tashabbuslar xalqimiz hayotini yaxshilashga xizmat qilmogʻi kerak.