22.12.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Buxoro tumanida yashovchi fuqaro Y.M tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Buxoro shahrida faoliyat koʻrsatayotgan “Lediform” savdo doʻkonidan 1 800 000 soʻmlik ayollar paltosi va 400 000 soʻm soʻmlik ayollar shimini xarid qilganini, ammo paltoning 3 dona tugmasi va yoqasi boʻlmagan, isteʼmolchi doʻkon xodimidan palto yoqasi va tugmalarini ham berishini soʻraganda, qoʻshimcha pul berishini soʻragan, isteʼmolchi unda paltoni qaytarib olishini aytganda esa, sotuvchi sotilgan mahsulot qaytarib olinmasligini aytib oʻtgan.
Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida palto uchun toʻlangan 1 800 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berilishiga erishildi.