
07.05.2024
Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning "Yangiyer" ko‘chasida yashovchi M.E. tomonidan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan kir yuvish mashinasi nuqsonli chiqqanligi va uni almashtirib olishda muammolarga duch kelayotganligi xususida qilingan murojaat o‘rganildi.
Iste'molchi shahardagi "Baraka kredit" savdo do‘konidan joriy yil mart oyi boshlarida qiymatini 4 oy davomida bo‘lib to‘lash shartlarida sotib olgan, shartnoma qiymati 12 000 000 so‘m bo‘lgan LG rusumli avtomat kir yuvish mashinasidan foydalanish jarayonida kuygan rezina hidi kelib, ishchi holatida me'yordan ortiqcha tebranish holatlari kuzatilavergach, sotuvchiga uni almashtirish bo‘yicha talab bilan murojaat qilgani va ushbu talabi qanoatlantirilmayotganligi, shu sababli, o‘rtadagi shartnomani bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar iste'molchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablari bajarilmagan bo‘lsa, iste'molchi o‘rtadagi shartnoma bekor qilinishi hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararlarni qoplanishini talab qilishga haqli. Shundan kelib chiqqan holda, murojaatni o‘rganish doirasida shahar jamiyati mutaxassislari va sotuvchi ishtirokida rasmiylashtirilgan ma'lumotnomada tovarda haqiqatan ham nuqson mavjudligi qayd qilinib, iste'molchi va sotuvchi o‘rtasidagi shartnomani bekor qilinishiga erishildi.